Shaxsiy hisobingiz — tartibda

Shaxsiy qarzlaringizni tartibli yuriting

Qarz Daftari — qarzlar, kontaktlar, to‘lovlar va tarixni bir joyda yuritish uchun qulay mobil ilova.

Android uchun ishlab chiqilgan · iOS versiyasi rejalashtirilgan

Qarz Daftari mobil ilovasining demo dashboard ekrani
Qarzlar va to‘lovlar bir joyda
Ma’lumotlarni export qiling

Kerakli funksiyalar

Qarz hisobini sodda va tushunarli boshqaring

Kundalik yozuvlardan umumiy balansgacha — asosiy ma’lumotlar tartibli va o‘qilishi oson ko‘rinishda.

Kontaktlar

Qarz yozuvlarini odamlar va tashkilotlar bo‘yicha ajratib saqlang.

Ikki yo‘nalish

“Men qarzdorman” va “Menga qarzdor” yozuvlarini aniq farqlang.

To‘lovlar tarixi

Qisman va to‘liq to‘lovlarni yozib, qoldiqni kuzatib boring.

Eslatmalar

Qaytarish muddati yaqinlashganda muhim yozuvlarni e’tibordan qoldirmang.

Export

O‘z ma’lumotlaringizni Excel, CSV yoki arxiv ko‘rinishida oling.

Qulay va xavfsiz kirish

O‘zbek/rus tili va Telegram orqali accountni tasdiqlash imkoniyati.

Qarz Daftari kontaktlar ekrani
Qarz Daftari qarzlar ekrani

Ko‘z oldingizda

Kimga, qancha va qachongacha — barchasi aniq

Har bir qarz kontakt, summa, valyuta, muddat va to‘lovlar bilan bog‘lanadi. Shuning uchun eski yozuvni topish ham, joriy qoldiqni ko‘rish ham oson.

  • UZS va USD summalarini alohida hisoblash
  • Faol, yopilgan va bekor qilingan yozuvlar tarixi
  • Faqat sizga tegishli account ma’lumotlari
  • Ma’lumotlarni istalgan vaqtda export qilish
Shaxsiy hisob yuritish vositasi Qarz Daftari kredit yoki mikroqarz bermaydi, qarz beruvchi bilan qarz oluvchini bog‘lamaydi va moliyaviy maslahat ko‘rsatmaydi. Ilova foydalanuvchi o‘zi kiritgan shaxsiy yozuvlarni tartibli yuritish uchun mo‘ljallangan.

Mobil platformalar

Hisoblaringizni mobil ilovada boshqaring

Qarz Daftari Android qurilmalar uchun ishlab chiqilgan. iOS versiyasiga moslashtirish rejalashtirilgan. Rasmiy yuklab olish havolalari e’lon qilinganda shu yerga joylanadi.

Android uchun Google Play iOS uchun App Store